«Tarozi» texnologiyasi

«Tarozi» texnologiyasi

Mazkur texnologiya munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o’rganishda qo’l keladi. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy improvizatsiya, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan. Bu texnologiya dalillash qobiliyatini rivojlantirish, o’z dalillarini yozma va og’zaki shaklda ishonchli va lo’nda ifodalashni shakllantiradi, o’z nuqtai nazarini himoya qiladi, muxoliflarni ishontiradi, munozara madaniyatiga o’rgatadi.
«Tarozi» texnologiyasi o’quv materialini o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanishi mumkin. Ammo u o’tilgan materiallar bo’yicha xulosa qilish bosqichida yuqori samara va natija beradi, chunki o’qiyotganlarning yuqori darajada xabardorliklarini va o’rganilgan materiallardan erkin foydalanishini nazarda tutadi.
Bu texnologiya kichik guruhlarda va jamoalar orasida amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.
Asosiy tushunchalar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Mavzu turli nuqtai nazarlarning to’qnashuviga imkoniyat beruvchi hamda ulardan birortasiga ham imtiyoz bermaydigan tasdiqdir. Mavzu shunday tanlanishi kerakki, u o’rganilayotgan mavzuning barcha qirralarini ochishi, o’quvchilarning axborot qidirish hamda izlanuvchanlik faoliyatlarini rag’batlantirsin.
Argument bu o’z nuqtai nazarini tasdiqlashga olib keluvchi asosli dalil, g’oya, mulohazadir. Dalillash anik, mantiqiy, asoslangan bo’lishi, faktlar, sharhlar, mulohazalar, isbotlar, misollar, iqtiboslar, manbalarga, obro’li guvohnomalarga havolalar va boshqalar bilan quvvatlangan bo’lishi kerak.
Kontrargument (qarshi dalillash) bu raqibning dalillarini rad etish bo’lib, u dalillashga qo’yiladigan talablarga mos kelishi kerak. To’g’ri tanlangan kontrargument raqibning nuqtai nazarini zaiflashtirishi hamda o’zining himoya yoki rad etish chizig’ini mustahkamlashi lozim.
Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
o’z shaxsini takomillashtirishga intilish;
faol hayotiy nuqtai nazarini shakllantirish;
o’zga fikriga hurmat va toqat qilish;
jamoada ishlashni eplay olish;
murosali qarorga kela olish;
xushmuomalalik;
o’z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish.

Морская виза в США, https://tp.ua/visa/usa-morskaja-visa .

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

CAPTCHA ImageChange Image

Следующая запись

Zamonaviy dars oʻtish metodi "Muzyorar"

Сб Дек 7 , 2019
Muzyorar muomaladagi tusiklarni yengib otishga va ozaro munosabatlardagi «muzni» yorishga qaratilgan mashqdir. Muzyorar, birinchidan, tanishuv jarayonini rivojlantiradi, ikkinchidan, ishtirokchilarni ozini bemalol his qilishlariga yordam beradi.

Muallif haqida

Nurjanov Nodirbek

1986-yil Xorazm viloyati Shovot tumanida tug'ilgan. 2010 yil Urganch davlat Universitetini bitkazgan

Авторизация
*
*

CAPTCHA ImageChange Image

Регистрация
*
*
*

CAPTCHA ImageChange Image

Генерация пароля

CAPTCHA ImageChange Image

error: Sayt himoyalangan!!!